<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov, Bauirjan Pulatov</author>
<key>Am</key>
<title>Rabbim menga yordir</title>
<lyrics>[V1]
.Am    G    C   Am
 Hayot soʻqmogʻida
.Dm     E   Am
 Ne ne davonlar
.Am    G   C    Am
 Yoʻlimda uchradi
.Dm    E      Am
 Ne ne toʻfonlar
.Dm   G     C     Am
 Yiqilib, charchadim
.Dm       E   Am
 Chorasiz onlar
.Dm           Am
 Rabbim menga yordir
.E         Am
 Rabbim Najotkor!

[V2]
 Kimlar tosh otmadi
 &quot;Chorbogʻim&quot; tomon
 Kimlarni &quot;sevgisi&quot;
 Kuydirdi yomon.
 Neki ish qilmayin
 Ishonchim hamon
 Rabbim menga yordir
 Rabbim Najotkor!

[V3]
 Har bitta kalomi
 Yoʻlim yoritar
 Muqaddas Ruh-la
 Koʻz yoshim artar
 Har tong turib tongda
 Zabonim aytar:
 &quot;Rabbim menga yordir
 Rabbim Najotkor! &quot;

[V4]
 Xatolarim bisyor
 Bilaman oʻzim,
 Baʼzan ishim boshqa
 Boshqadir soʻzim.
 XUDOYIM SEVGI
 Yashnatar koʻzim
 Rabbim menga yordir
 Rabbim Najotkor!

[V5]
 Rabbim sevgisida
 Yashayman yayrab
 Hamdu sano bitib
 Bulbuldek sayrab.
 Imondir menga bir
 Qoʻyilgan talab
 Rabbim menga yordir
 Rabbim Najotkor!

[V6]
 Inoyat ostidaman
 Shukur Xudoga
 Marhamat yogʻilgan
 Yorman duoga
 Qalbim toʻla bugun
 Nurga ziyoga
 Rabbim menga yordir
 Rabbim Najotkor!</lyrics>
</song>